 |
|
 |
|
| | Qidirish: |
|
Bosh sahifaQoraqalpog'iston Respublikasi
Vazirlar Kengashining o'rta maxsus, kasb-hunar ta'limi boshqarmasi O'zbekiston
Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 20-iyuldagi "O'zbekiston
Respublikasi Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligining O'rta maxsus, kasb-hunar
ta'limi Markazi faoliyatini takomillashtirish to'grisida"gi 342-sonli qarori
asosidattttt azamat takomillashtirilgan.
O'rta maxsus, kasb-hunar ta'limi Boshqarmasi o'rta maxsus, kasb-hunar
ta'limi tizimidagi hududiy boshqaruv organi hisoblanadi hamda o'z faoliyati
yuzasida O'zbekiston Respublikasi Oliy va o'rta maxsus ta'limi vazirligining
o'rta maxsus, kasb-hunar ta'lim markaziga hamda Qoraqalpog'iston Respublikasi
Jo'qargi Kengash va Vazirlar Kengashiga bo'ysinadi.
Boshqarma tasarrufidagi akademik litseylar va kasb-hunar kollejlari
hamda u tomondan tashkil qilingan, unga bo'ysunuvchilik asosida berilgan boshqa
tashkilot va muassasalar kiradi.
Boshqarma o'z faoliyatida O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga va
O'zbekiston Respublikasi OLiy Majlisi qarorlariga va farmoyishlariga, Kadrlar
tayyorlash milliy dasturiga, O'zbekiston Respublikasi Oliy va o'rta maxsus
ta'lim vazirligining O'rta maxsus, kasb-hunar ta'limi markazi Hay'ati,
Qoraqalpog'iston Respublikasi Jo'qargi Kengash va Vazirlar Kengashi qarorlari va
farmoyishlariga, shuningdek o'rta maxsus, kasb-hunar ta'limi Boshqarmasining
Ustaviga amal qiladi.
Boshqarma o'z faoliyatini shahar va tuman hokimligi organlari,
Respublika tashkilotlari, jamoat tashkilotlari, jamoat birlashmalari bilan
o'zaro hamkorlikda amalga oshiradi.
|
|
| |
|
|
 |
|
 |
 |